Termiz davlat universiteti nashr-matbaa markazi direktori o‘rinbosari
Obidxon Nizomiddinov
Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot:
“Termiz davlat universiteti” gazetasi Termiz davlat universiteti muassisligida nashr etiladi. Gazeta viloyat Matbuot va axborot boshqarmasida 11-004 raqam bilan 2018 yil 17 martda qayta ro‘yxatdan o‘tgan. “Termiz davlat universiteti” ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-badiiy yo‘nalishda bo‘lib, oyida ikki marta chop etiladi.
“Termiz davlat universiteti” gazetasida viloyatimiz va universitetdagi eng so‘nggi yangiliklar, ta’limga oid qonun hujjatlari, professor-o‘qituvchilarning, talabalarning publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalari, badiiy ijod namunalari berib boriladi. Qolaversa, qiziqarli, foydali ma’lumotlar, hikmatli so‘zlar ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Gazeta auditoriyasi shu bilan cheklanib qolgan emas. Unda Respublikamizning turli sohadagi taniqli vakillari, xorijlik mutaxassislar bilan suhbat, intervyular ham e’lon qilinadi.
Tiraji: 7500 ta.
Bo‘lim quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:
Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi olimlar, intiluvchan talabalarning ilmiy ishlari, innovatsion g‘oyalari, nazariy taklif va tashabbuslarini ommalashtirishda amaliy yordam beradi. Bu vazifani amalga oshirish uchun:
Tegishli talablar asosida yozilgan, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar hamda tahliliy mavzudagi adabiyotlarning tahrir etilishi va nashrga tayyorlanishini ta’minlaydi;
Mazkur qo‘llanma hamda adabiyotlarning sifatli va qisqa muddatda nashr qilinishida amaliy yordam beradi;
Innovatsion g‘oyalar, zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va takliflarning keng targ‘ib etilishi uchun ilmiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-ma’naviy mavzudagi va boshqa davriy nashrlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
Termiz davlat universiteti Kengashi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Manzili:Termiz davlat universiteti, ARM binosi 302-xona.
Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy
Batafsil
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti