🟢 Prezidentimizning joriy yil 26–27-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 23–25-oktabr kunlari Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari va texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kurash bo‘yicha respublika seminari va musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada jami 205 nafar polvon quyidagi vazn toifalarida kuch sinashadi:
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida:
🟢 O‘g‘il bolalar: 66 kg, 81 kg va +100 kg vazn toifalarida.
🟢 Qiz bolalar: 63 kg va 78 kg vazn toifalarida.
Texnikum o‘quvchilari o‘rtasida:
🟢 O‘g‘il bolalar: 60 kg va 73 kg vazn toifalarida.
🟢 Qiz bolalar: 57 kg vazn toifasida.
Mazkur musobaqa milliy sportimiz — kurashni keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda iqtidorli polvonlarni kashf etishga xizmat qiladi. Kuch, mardlik va matonat bellashuviga marhamat!
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti
📅 Sana: 23–25-oktabr