TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Samimiy va oçiq muloqotda tarixni çuqur ōrganiş, milliy merosimizni asrab-avaylaş, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy va ilmiy merosni tadqiq etiş hamda yoşlarda milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rektor tarixçi nafaqat ōtmiş voqealarini ōrganuvçi mutaxassis, balki tarixiy haqiqatni xolis yoritiş, milliy xotirani asraş va uni kelgusi avlodlarga yetkazişdek mas’uliyatli vazifani bajaruvçi ziyoli ekanini ta’kidladi.

Bugungi kunda fakultetda 4 ta bakalavriat ta’lim yōnalişi va 4 ta magistratura mutaxassisligi bōyiça 1 717 nafar talaba tahsil olmoqda. Indoneziya pedagogika universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan qōşma ta’lim dasturi doirasida esa 27 nafar talaba bilim olmoqda.

Fakultetning xalqaro aloqalari ham izçil rivojlanib, Xitoy, Fransiya, Italiya, Çexiya, AQŞ, Rossiya va boşqa davlatlarning nufuzli universitetlari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik yōlga qōyilgan. Mazkur aloqalar talabalar va yoş tadqiqotçilarning akademik mobilligi, xorijiy tajriba almaşinuvi va ilmiy salohiyatini yuksaltiriş uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda.

Uçraşuv davomida talabalarning savollari, taklif va taşabbuslari tinglandi. Rektor yoşlarni çuqur bilim olişga, xorijiy tillarni ōrganişga, arxeologik va tarixiy tadqiqotlarda faol iştirok etişga, zamonaviy ilmiy yondaşuvlarni egallaşga çaqirdi.

Oçiq muloqot talabalarning ōz mutaxassisligiga bōlgan qiziqişini kuçaytiriş, ilmiy izlanişlarga intilişini rağbatlantiriş va universitet hayotidagi faolligini oşirişga qaratildi.

Zero, ōz tarixini çuqur anglagan, milliy ildizlaridan kuç olgan avlodgina buyuk kelajakni barpo eta oladi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil