TerDUda ispaniyalik professor o‘qituvchilik faoliyatini boshladi

Termiz davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro ilmiy tajribani o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish hamda talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda Ispaniyaning Rey Juan Carlos universiteti professori Santyago Gomes-Ruiz Kimyo fakultetida o‘qituvchilik faoliyatini boshladi.

Santyago Gomes-Ruiz — Scopus ilmiy bazasida h-indeksi 42 ga ega, 10 dan ortiq AQSh patenti muallifi hamda Stenford universiteti tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng yaxshi 2 foiz tadqiqotchilari ro‘yxatiga kiritilgan nufuzli olim

Professor bir yil davomida Termiz davlat universitetida faoliyat olib boradi. Uning universitetdagi faoliyati talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘zlashtirish, xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xalqaro miqyosda e’tirof etilgan olimning TerDUdagi faoliyati universitetning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va jahon ilm-fani yutuqlarini ta’lim jarayoniga olib kirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 50

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil