O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i

O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i

“O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda u qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil