Termiz davlat universitetida 2020/2021 oʻquv yilida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy), yozma)da toʻplagan natijalari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va oshirilgan (super) toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abiturientlarga onlayn xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.
Test natijalariga koʻra talabalikka tavsiya etilgan hamda oshirilgan (super) toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abiturientlar toʻlov-kontrakt shartnomalarini quyida koʻrsatilgan elektron manzillarga murojaat qilish orqali olishlari mumkin:
Talab etilgan hujjatlarni quyidagi elektron manzil terduqabul@mail.ru ga yoki telegram orqali +998930757489 raqami bilan bogʻlanib, taqdim etishingiz kerak boʻladi.
Talab etiladigan hujjatlar:
1.Universitet rektori nomiga yozilgan ariza (toʻlov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar bundan mustasno);
2.Fuqarolik pasporti nusxasi;
3.dtm.uz tomonidan taqdim qilingan test natijalari koʻrsatilgan javoblar varaqasi;
4.Abiturient ruxsatnomasi.
Hujjatlaringizni birlashtirgan holda, bitta fayl qilib, PDF shaklda yuborishingiz soʻraladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun universitet Axborot-maslahat markazining quyidagi (76)-221-72-34, (76)-221-74-04, (76)-224-18-95 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Termiz davlat universiteti rektorining telegramdagi rasmiy kanaliga
Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy
Batafsil
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti