TDYU HUZURIDAGI YURIDIK LITSEY BITIRUVCHILARINI O‘QISHGA QABUL QILISHDA SUHBAT O`TKAZISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI
Yakka tartibdagi suhbat har yili 10-25-iyul kunlari oralig'ida suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat Termiz davlat universitetidagi ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning o‘zi tomonidan belgilanib, uning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizasida ko‘rsatiladi.
Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi.
Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 30 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.
Bunda:
|
T/r |
Yakka suhbat mezonlari |
Maksimal ball |
|
1. |
Akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi |
25 ball |
|
2. |
Yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi) |
25 ball |
|
3. |
Nutq madaniyatining shakllanganligi, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi |
25 ball |
|
4. |
Umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati |
25 ball |
|
JAMI |
100 ball |
|
Yakka tartibdagi suhbat natijalari suhbat jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ish kuni ichida oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. Abituriyentlar o‘qishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball to‘planganda.
Termiz davlat universiteti bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy
Batafsil
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti