"ALGEBRA VA ANALIZNING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BO‘LIB O‘TMOQDA

Termiz davlat universitetida “Algebra va analizning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining birinchi kuni yakuniga yetdi.

Anjuman “Algebraning zamonaviy muammolari”, “Matematik tahlil masalalari va ularning tadbiqlari”, “Geometriyaning dolzarb masalalari”, “Differensial tenglamalar va matematik fizikaning nostandart masalalari”, “Sun’iy intellekt va neyroto‘rli texnologiyalar”, “Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish, “Matematika va informatika o‘qitish metodikasi” shoʻbalari bo‘yicha tashkil etildi.

    Tadbirning ochilish marosimida Termiz davlat universiteti rektori, professor A,Marahimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va anjuman ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganligini 31 yilligi bilan barchani qutladi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, akademik A.Ayupov so‘zga chiqib O‘zbekistonda matematik tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlari mavzusida, Akademik A.Sadullayev, Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi, Z.Raxmonov, professor R.Ashurovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

    Anjumannning ikkinchi qismi yuqoridagi yetti shoʻbada, belgilangan mavzular bo‘yicha davom etmoqda. 

    "Algebra va analizning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani ertaga davom ham etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil