Universitetda “Quvnoqlar va zukkolar” final bosqichi g’oliblari aniqlandi

“Quvnoqlar va zukkolar” yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda, iqtidorini namoyon qilishda, bilim olishga chorlashda, kreativ, tanqidiy tafakkurini yuksaltirishda eng muhim ijtimoiy loyiha hisoblanadi.

Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan saralash bosqichlarida mavjud 17 ta jamoa orasidan final bosqichida quyidagi 4 ta jamoa ishtirok etdi:

1.    Rus filologiyasi fakultetining “Enerjayzer” jamoasi

2.    Kimyo-texnologiyalar fakultetining “Fayz” jamoasi

3.    Yuridik fakultetining “Barristerlar” jamoasi

4.    Xorijiy filologiya fakultetining “Inique stars” jamoasi

Fakultetlararo “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining final bosqichini oʻtkazish tartibiga koʻra jamoalar tanishtiruv (yoshlar oʻrtasidagi jiddiy muammo), beatlon (ijtimoiy tarmoqdagi hazillar) va har bir hazil QVZning mulki shartlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

Keskin va murosasiz ruhda kechgan musobaqa natijasiga koʻra,

1- oʻrinni - Kimyo-texnologiyalar fakultetining “Fayz” jamoasi;

2- oʻrinni - Yuridik fakultetining “Barristerlar” jamoasi;

3- oʻrinni - Rus filologiyasi fakultetining “Enerjayzer” jamoasi qoʻlga kiritdi.

Ushbu tanlov yakunida musobaqa gʻoliblari universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq, diplom va qimmatbaho sovgʻalardan hamda:

1-oʻrin uchun 5 000 000

2-oʻrin uchun 3 000 000

3-oʻrin uchun 2 000 000 soʻmdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalarga oʻz muxlislariga samimiy va doʻstona ruhiyat baxshida etganligi uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildirgan holda musobaqa gʻoliblarini muborakbod etamiz.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil