“Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining targ'iboti bo'lib o'tadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvarda “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-son qarorida bir yilda bir marta “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi oʻtkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida ushbu qarorni ijrosini ta'minlash hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida jamg’arma xodimlari navbatdagi “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublikasi tanlovi targ’ibotini olib borishdi.
Targ’ibotda TerDU O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.To’rayev, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi direktori B.Xudanov hamda Surxondaryo viloyati tumanlaridagi maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, targ’ibotda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublikasi tanlovining o’tkazilishi tartibi, unda ishtirok etmoqchi bo’lganlardan talab qilinadigan hujjatlar va iqtidorlar, shuningdek, ushbu jamg’armaning imtiyozlari, hamda unda qatnashganlarning yutuqlari haqida aytib o’tildi.
Yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil