TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi tafsiloti

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib oֲ‘tdi.

Dastlab O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev barcha professor-o‘qituvchilarni 1-oktabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so’ng, muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida universitetda 2022/2023-o‘quv yilida rejalashtirilgan kapital qurilish va rekonstruksiya ishlari, o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, talabalar turar joylarini barpo etish masalalari, faxriy professor va faxriy dotsent unvonini ta’sis etish va uning Nizomini tasdiqlash, mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant, doktorantlarning monitoringi natijalari, TerDU tasarrufidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilaariga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash a’zolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi.

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil