Hokim yordamchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 31-son qaroriga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilarini davlat oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

 Shu munosabat bilan bugun ro‘yxatdan o‘tgan hokim yordamchilarining imtihon (suhbat) jarayonlari boֲ‘lib o‘tdi. 

Unda universitet rektori A.Maraximov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jo‘rayev, soha prorektorlari, Termiz davlat universitetining talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi S.Aliqulov, bo‘lim boshliqlari, Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani A.Absamatov hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi. 

Suhbat jarayonlaridan muvofaqqiyatli o‘tgan 46 nafar hokim yordamchilari Iqtisodiyot va turizm fakultetiga davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil