TerDUda barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Viloyatning nufuzli oliy ta’lim dargohi bo‘lgan Termiz davlat universitetiga tashrif buyurgan kishi mo‘jazgina shaharchaga kelgandek bo‘ladi. Chunki, universitetdagi talabalar soni  qariyb 26 000 nafarga yetdi. So‘ngi yillarda universitet hududi kengayib,  tobora ko`rkamlashib chiroy ochib bormoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 20-aprel sanasida “Sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari” bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Termiz davlat universitetining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Axborot texnologiyalari fakultetiga mo‘ljallangan zamonaviy bino qurish taklifi ma’qullangan va bu loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil  11-avgustdagi “Termiz davlat universiteti qoshida Axborot texnologiyalari fakultetining o‘quv binosini qurish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan  Termiz shahar A.Navoiy ko‘chasi 42-manzilida yangi bino qurish ishlariga start berildi. 

Bino 7 qavatli bo‘lib, talabalar sig‘imi 1850 nafarni tashkil etadi. Shuning bilan birga 176 ta professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. Binoda 51 ta o‘quv auditoriyalar, 8   ta komyuter xonasi, 1 ta kutubxona, 3 ta 100 nafar talabani sig‘dira oladigan ma’ruza zali, 1 ta kengash o‘tkaziladigan zal, 9 ta laboratoriya hamda ma’muriy (dekanat, kafedra va boshq.) xonalar mavjud.

Barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan,Wi-fi zonalari tashkil qilingan. Har bir auditoriya zamonaviy smart doska bilan ta’minlangan. Talabalarning puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Yangi binoda Axborot texnologiyalari  fakulteti, Fizika-matematika fakulteti va magistratura bosqichi talabalariga o‘quv mashg‘ulotlar olib boriladi.

Axborot texnologiyalar fakulteti 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni vaqtda 2 ta kafedrada 50 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar 1500 nafardan ortiq talabalarga tahsil berishmoqda. Fakultetda 4 nafar professor, 10 nafar falsafa (PhD) doktorlari faoliyat yuritishadi.

Bakalavr bosqichida 4 ta yo‘nalishda talabalar qabul qilinadi:   

  1. Amaliy matematika va informatika 
  2. Kompyuter tizimlari va dasturlash texnologiyasi
  3. Matematika va informatika
  4. Informatika o‘qitish metodikasi

Magistratura bosqichida 2 mutaxassislikda talabgorlar qabul qilinadi: Amaliy matematika; Kompyuter xizmatlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha) Jami 100 nafardan oshiq magistrant tahsil oladi. Fakultetda 10 nafar doktorant ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.


Fakultet binosining ochilish marosimida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri A.X.Toshqulov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A.Bobolov,   universitet jamoasi, faxriy ustozlar, madaniyat va san’at vakillari, talaba yoshlar , ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etishdi. Tadbirda so`zga chiqqanlar, mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, barpo etilgan ushbu yangi o`quv binosi yoshlarning  bilim olishlari yo‘lida qay darajada ahamiyatli ekanligini e’tirof etib o‘tishdi. 


Ramziy lentalar kesilgandan so‘ng, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.   Kampus qurilishidagi zamonaviy ko‘rinish, puxta o‘ylangan arxitektura, go‘zal tabiat manzarasi, o‘quv jarayoni uchun yaratilgan qulayliklar ta’lim sifatini oshishiga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil