TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi tafsiloti

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari rektorat majlislar zalida bevosita, qolgan ishtirokchilar fakultetlarda videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etishdi.

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligini universitetda munosib kutib olish, fakultetlarda, akademik lisey va texnikumlarda yangi 2022/2023 oʻquv yiliga tayyorgarlik ko’rish, “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida mashgʻulotlarni boshlash toʻgʻrisida fikr bildirildi.

Shundan so’ng muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida universitet talabalarini kutib olish, yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish va ijarada yashovchi talabalarga tegishli mezon asosida ijara to‘lovlarini to‘lash ishlari, TerDU Kengashining yangi tarkibini hamda 2022-2023 o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash, 2022-2023 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv reja va dasturlarni tasdiqlash, universitetning 2022-2023 o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko’rib chiqildi. 

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi. 

Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi. 

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil