OTMga kirish imtihonlarga tayyorgarlik holatlari muhokama etildi

Termiz davlat universiteti rektori A.R.Maraximov boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o’tdi. Unda joriy yilning 8-avgust sanasidan boshlanadigan OTMga kirish imtihonlarga tayyorgarlik holatlari muhokama etildi. 

Yig‘ilish davomida qator masalalar koʻrilib, ularning ijrosi boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Shundan so‘ng test sinovlari bo‘lib o‘tadigan Termiz olimpiya va paralimpiya zahiralari kolleji stadioni ko‘zdan kechirildi. Mazkur stadionga TerDU jamoasi mas’ul hisoblanadi. Stadionda abituriyentlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan hamda hudud to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 960 ta abituriyent test sinovlarida ishtirok etadi.

Hurmatli abituriyentlar!

Imtihon jarayonlariga o‘z vaqtida yetib kelishingiz so‘raladi. Kechikkan abituriyentlar imtihon jarayonlariga kiritilmaydi. 

Stadionga kirish ertalabki smenada soat 6:45 da to‘xtatiladi. Test imtihonlari esa soat 7:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil