TerDUda bitiruvchi talabalarga diplom topshirildi

O‘zbekistonning janubiy hududi bo‘lgan Surxon diyoridagi nufuzli Termiz davlat universitetini shahar ichidagi shaharchaga qiyoslash mumkin. 1954 yilda tashkil etilgan universitetda ayni vaqtda 25 ming nafardan ortiq talabalar tahsil oladi. Hozirda ta’lim muassasida 14 ta fakultet, 43 ta kafedra, 57 ta bakalavriat, 29 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Ta’lim shakllari kunduzgi, sirtqi, kechki, sirtqi ikkinchi oliy ta’lim magistraturadan iborat. Shuningdek, universitetda oliy ta’limdagi keyingi bosqich: tayanch doktorantura mustaqil tadqiqotchi, stajyor tadqiqotchilar ham mavjud.

 Joriy yilning 18 iyul kuni Termiz davlat universitetining 32 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil olib, 2021/2022 o'quv yilini imtiyozli diplom bilan tamomlagan 37 nafar talabalarga diplom berish marosimi bo'lib o'tdi. 

 Marosimda TerDU rektori A. Maraximov so'zga chiqib, barcha bitiruvchilarni samimiy tabriklab, mamlakatimiz kelajagi uchun yetuk kadrlar sifatida faoliyat yuritishlarida zafarlar tiladi. Shundan so'ng tantanali ravishda diplomlarni o‘z egalariga topshirildi.

Diplom topshirish marosimida bir qator talaba yoshlar, ularning ota-onalari oʻz xursandchiliklari va ustozlarga boʻlgan minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil