Rektor MFY raislari bilan uchrashdi

Joriy yilning 1-iyul sanasidan Termiz davlat universiteti oʻquv binosida viloyatimizdagi 721 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining yangi saylangan raislari uchun mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, aholi muammolarini mahallada hal etish masalalarini oʻz ichiga olgan oʻquv-seminari boshlangan edi.

Bugun Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov 1 bosqichda bilim va koʻnikmalarini oshirayotgan 199 nafar mahalla raislari bilan muloqot oʻtkazdi. Muloqotda Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Mahalla raislari xalqimizni rozi qilishda, islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Uchrashuvda rektor A.Maraximov tomonidan universitetning mahallalar bilan hamkorligini yanada mustahkamlash borasida bir qancha takliflar bildirildi. Xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarini ikkinchi oliy ta’limga o‘qish uchun suhbat va imtixonlarsiz qabul qilinishi, universitet talabalarining mahalla xonadonlarida fan to‘garaklarini tashkil etishi hamda mazkur talabalar universitet tomonidan munosib rag‘batlantirilib borilishi, 48 nafar o‘rta maxsus ma’lumotga ega mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishlari ta’kidlandi.

Ularning masʼuliyatli va sharafli vazifani bajarishlarida omad tilab, mahalalarning yangi rislariga yuksak ishonch bildirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil