Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullari bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan tuzilgan Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatida  bo‘lib o‘tayotgan ommaviy qabullari 11-14-iyun sanalarida Qumqo‘rg‘on, Denov, Sariosiyo hamda Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. 

Ommaviy qabulda Respublika ishchi guruh vakili, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori F.Farxodov ham ishtirok etmoqda. Aholi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. 

Mazkur ommaviy qabullarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida jami 76 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 22 nafar murojaat qilib kelgan talabalar o‘z mutaxassisiligi bo‘yicha ish bilan ta’minlandi, 10 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatildi, 1 nafar talabaga moddiy yordam berildi, 2 nafar talabaning yotoqxona uchun to‘lovlari to‘lab berildi, 32 nafar talabaga murojaati bo‘yicha huquqiy maslahat berildi, 4 ta murojaat nazoratga olindi, 5 nafar talabaning turli muammolari ijobiy hal etildi. 

“Farzandlarimning 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasasida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olishadi. O‘zim Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabida matayematika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. Bir nafar farzandimning kontraktidi to‘lashda qiynalayotgan edik. Bugungi sayyor qabulda men ham murojaat qilib keldim hamda farzandim Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Xurramova Gulshodaning 5 yarim million so‘m miqdoridagi kontrakt pulini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatildi. Men va oila a’zolarim bundan judayam xursandmiz. Farzandlarim oliy ta’limni tamomlab, mutaxassisi bo‘lib yetishadi hamda davlatimiz rivojiga o‘z xissasini qo‘shadi”, deydi Jarqo‘rg‘on tumani Paxtazavod mahallasida yashovchi fuqaro M.Xoliyorova. 

Ommaviy qabullarda fuqarolarning har bir murojaati batafsil tinglanib, shu joyning o‘zida hal etilmoqda,  yechimi ma’lum vaqt talab etadigan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil