TERDUDA TALABALIK BAHORI FESTIVALI O‘TKAZILDI

Jamiyatimiz taraqqiy etishida va davlatimiz ravnaqida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim rol o’ynaydi. Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish, mavjud klub va to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida turli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 31-may kuni TerDU Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, yoshlarning badiiy salohiyatlarini rivojlantirish, teatr, musiqa san’at, xalq an’analari hamda badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, universitetimizda ta’lim olayotgan turli millat vakillari o’rtasida do’stlik aloqalarini yana mustahkamlash maqsadida “Talabalik bahori” festivali bo’lib o’tdi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev hamda  Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor O.Shofiyev ochib berib, o’z nutqida universitet talaba-yoshlari erishayotgan yutuqlarini alohida e’tirof etishdi.
Festivalda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori  O.Ro‘ziyev hamda markaz talabalari mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Festival davomida talabalar tomonidan “Xon atlas jilosi” milliy liboslar namoyishi, sport musobaqalari, “Kitobxonlik” tanlovi, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining chiqishlari namoyish etildi. 
Zakovat intellektual o‘yini, velomarafon, “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” nomli esselar, “Mening universitetim” nomli rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi va bunda talabalar faol ishtirok etishdi.  Ushbu tanlavlarda yuqori natijalarni egallagan talabalar 1-o'rin 1 mln so'm, 2-o'rin 800 ming so'm, 3-o'rin 600 ming so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, oliygohimizda ilk bor "Qizlarjon klubi" ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Fitnes klub, shaxmat-shashka, tikuvchilik va stol tennisi xonalari ham foydalanishga topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil