TerDU da navbatdagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

Termiz davlat universitetida Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Ukraina va yurtimizning barcha hududlaridagi professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar ishtirokida "O‘zbekistonda iqtisodiy o‘zgarishlar davrida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish tendensiyalari" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya quyidagi to’rtta sho’baga bo’lingan holda tashkil etildi hamda 130 dan ortiq maqolalar qabul qilindi.

1-sho‘ba. Yangilanayotgan O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish tendensiyalari;
2-sho‘ba. Jismoniy tarbiyani rivojlantirishda sport o‘yinlarini va xalq harakatli o‘yinlarining dolzarb masalalari;
3-sho‘ba. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning falsafiy muammolari;
4-sho‘ba. Respublikamizda maktab o‘quvchilari va talaba yoshlar o‘rtasida sport o‘yinlarining: futbol, basketbol, voleybol, gandbol va tennisni ommaviyligini rivojlantirish masalalari.

Anjuman davomida talabalarning ma’naviy jihatdan shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni, yosh kurashchilarni harakatli o‘yinlar vositasida umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish yo‘llari, yosh bokschilarning jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish metodlari va ularning mazmuni, mustaqillikning dastlabki  yillarida O'zbekiston bokschilarini dunyo arenalariga erishgan yutuqlari tahlili, O`zbekiston hududida voleybol sport turning tarixiy rivojlanish bosqichlari, kurash mashg’ulotlarida harakatli o’yinlardan foydalanish metodikasi tahlili kabi mavzularda ma'ruzalar qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil