Hushxabar STUDENT’S CUP Navbatdagi g'alaba bizniki

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘FA, O‘zPFL, - Coca-Cola bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Coca-Cola Student’s Cup” musobaqasi tashkillashtirmoqda.
Unda yurtimizda faoliyat olib borayotgan 116 ta universitet va institut o‘z jamoasi bilan ishtirok etmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyatidagi oliy o'quv yurtlari orasida o'tkazilayotgan "Student's Cup" turniri qizg'in pallaga kirdi. Termiz davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan jamoa vakillari Termiz muhandislik va texnologiya instituti talabalaridan tashkil topgan futbol jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. 
Shiddatli va o'ta murosasiz kechgan bahsda esa Termiz davlat universiteti jamoasi 1-0 hisobida g'alaba qozonishdi. Jamoamizga g'alaba keltirgan yagona gol uchrashuvning 33-daqiqasida Toshqulov Fazliddin tomonidan kiritildi. Ushbu g'alaba orqali universitetimiz jamoasi guruhdagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan holda keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil