Termiz davlat universitetida yoshlar uchun “Karyera markazi” ochildi

Talabalarni ayniqsa bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida yoshlar uchun “Karyera markazi” tashkil etildi.
 
Tashkil etilgan ushbu markaz talabalarga, ayniqsa, bitiruvchilarga hozirda mavjud boʻlgan va mehnat bozori talab qilayotgan boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar berib boradi. 

Markazning ochilish marosimida universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat Yoshlar ishlari agentligi vakillari, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Markazning maqsadi, bugungi kunda ish izlayotgan talabalarni ish bilan taʼminlash, ularning kasbiy oʻsishi, ish beruvchilar bilan oʻzaro aloqalarni rivojlantirishdan iborat.

Markazning vazifalari universitetda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari va oʻquv seminarlar oʻtkazish, talabalarning kasbiy sinovlari tashkil etish va ularni kasbga yoʻnaltirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikdan iborat. Shuningdek, ish izlovchilar, ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va ochiq vakansiyalar roʻyxatlari bazalarini shakllantirish ham kiradi.

Markaz boʻsh ish oʻrinlari uchun talabalardan talab etilayotgan bilim, koʻnikma va malakalar bilan ularni xabardor qilib borishni asosiy vazifa qilib belgilaydi. Ushbu xizmatda talabalar uchun kelgusida kasb tanlashda, suhbat jarayonida asqatadigan tavsiya va vaqt unumdorligini oshiruvchi maslahatlar havola etiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil