Mobil metodik guruh a'zolari Muzrabot tumanida

Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq. Shu bois oxirgi to‘rt yilda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar mavqeini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘ymoqda. O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ya’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 3-fevraldagi farmoyishi hamda 2022 yil 28-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishining 8-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining qaroriga asosan umumta’lim muassasalari uchun yordam beruvchi “mobil metodik guruhlar” tashkil etildi. 

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida ham “1-mobil metodik guruh” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu guruhlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 5 kun onlayn, 1 kun an'anaviy tarzda darslar tashkil etilgan. 

TerDU professor-o‘qituvchilardan iborat “1-mobil metodik guruh” aʼzolari Muzrabot tumanidagi 3-35-46-56 umumta’lim maktablarida bo‘lishdi. Ushbu maktablarda faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyoti, chet tillari, tarix, matematika, fizika, kimyo, biologiya va geografiya fanlari o‘qituvchilarining bilimilari diagnostikadan o‘tkazildi. Diagnostika natijasidan kelib chiqib, bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Dars samaradorligini oshirish borasida maktab o‘qituvchilariga zarur tavsiyalar berildi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ularning fanlarga qiziqishlari, kelgusidagi maqsadlari to‘g‘risida suhbat olib borildi. 
Mazkur “mobil metodik guruhlar” ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil