TerDUda mahorat darsi

2021 yil 21 aprel kuni Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti “Tarixshunoslik va manbashunoslik markazi” boshlig‘i, tarix fanlari doktori (DSc) Nigora Ashirovna Allayeva va “Qadimgi davr tarixi” bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi Feruza Shokirovna Shomukarramova tomonlaridan universitet Ilmiy – tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda tayanch doktorant, doktorant va stajyor-tadqiqotchilari uchun “Ilmiy tadqiqotning ayrim texnik va nazariy-metodologik jihatlari xususida” mavzumida mahorat darsi tashkil etildi.
Ochiq va samimiy suhbat ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan mahorat darsida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, dissertasiya uchun bibliografiya tuzish usullari, iqtiboslik turlari, dissertasiyada ma’lumotni taqdim etish prinsiplari (Mantiqiy bog‘lanish - aloqadorlik va mantiqiy bog‘liqlik, g‘oya – fakt – xulosa) bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berildi.
Tadqiqotchilarimiz tomonidan o‘z sohasining eng yaxshilari tomonidan olib boriladigan bunday mahorat darslarni ko‘paytirish va muntazam tashkil etish mazmunida takliflar bildirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil