TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishining qisqacha tafsiloti

Kengashning mazkur yig‘ilishida 4 ta asosiy masala va 5 ta turli masalalar muhokama etildi.

Kun tartibidagi eng dolzarb masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 5-aprelda xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan videoselektor yig‘ilishidagi oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan vazifalari to‘g‘risida universitet rektori Avazjon Raximovich Maraximov batafsil ma’lumot berdi. 

2022 yil 5 apreldagi yig‘ilish tavsilotlari bo‘yicha “O‘zbekiston 24” kanali tayyorlagan videolavha namoyish etildi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan topshiriq va vazifalarini Termiz davlat universiteti jamoasi tomonidan bajarilishi bo‘yicha Kengash a’zolarining fikr-mulohazalari, tahlillari, kelgusidagi rejalarga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibida Fizika-matematika hamda Arxitektura va qurilish fakulьtetlarida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi asosida malakali kadrlar tayyorlash: bugungi holat, muammo va kamchiliklar, dolzarb vazifalar, talabalar amaliyotini samarali tashkil etilishi va amaliyot natijalari asosida ilmiy va uslubiy ishlarni nashr ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, ilmiy unvonlarga tanlov, universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi 2022-yil 1-chorak monitoring natijalari, universitet professor-o‘qituvchilarining darslik, o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish,  Amaliy matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi A.X. Mamatkabilovga hamda Fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Ch.Xoliyarovga  3 oylik ijodiy ta’til berish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash yig‘ilishi yakunida kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va nufuzli olim-pedagoglarning takliflari va  qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash mexanizmlari muhokama etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil