TerDU o‘qituvchisining darsligi AQSHda chop qilindi

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti Musiqa taʼlimi kafedrasi o‘qituvchisi Raxmonova Dilshoda Nusratovnaning uzoq yillik tadqiqot natijasi bo‘lgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligi” nomli darsligi AQSHda chop qilindi.  

“MUSIC LITERACY FOR PRIMARY SCHOOL PUPILS” nomli ingliz tilidagi dasrlik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini oshirish masalasiga yo‘naltirilgan. Darslikda musiqa mashg‘ulotlari uchun nazariy bilimlar bilan birga, husnixat usullari vositasida musiqiy boshqotirmalar, turli xil o‘yinlar taqdim etilgan. Fanni nazariy o‘rganishning turli xil amaliy usullari va vositalari ko‘rsatilgan. Dasrlikdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. 

Darslik tez orada:

ProQuest, 
Google Scholar, 
OpenAire  bazalarida indekslanishi kutilmoqda. 

https://scientificpublication.org/index.php/gobp/catalog/book/4

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil