Talabalar turar joyini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh Termiz davlat universitetida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-martdagi buyrugʻi asosida Surxondaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining Talabalar turar joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini o’rganish va uning faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo’yicha Ishchi guruhi a’zolari Surxondaryo viloyatiga yetib kelishdi. 

Joriy yilning 30-mart sanasidan Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta`lim muassasalari faoliyatini o`rganish ishlari olib borilmoqda.

Talabalar turar joyini oʻrganish, oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhit, yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularga zarur bo’lgan qo’shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkillashtirilgan xizmat safarida Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti,  Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro filialining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari tashrif buyurishgan.

Ishchi guruh dastlab, Termiz davlat universitetida mavjud 6 ta talabalar turar joylaridagi mavjud sharoitlar, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi bilan bog’liq haqiqiy holat bo’yicha o‘rganishlar olib bordi.

TTJ larda maʼnaviyat xonasi, ota- onalar kutish xonasi, kutubxona, oshxona, dam olish xonasi, axborot texnologiyalari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari xonasida barcha qulayliklar yaratilgan.  “Qizlarjon” klubi hamda besh tashabbus xonasi, darsdan bo‘sh vaqtlarda hunar o‘rganish maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik xonasi ham mavjuddir.  

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat qurildi, fikr va mulohazalari tinglandi, yaratilgan shart-sharoitlar har tamonlama o‘rganildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil