Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi

Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi

 

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash  aʼzolari rektorat binosi majlislar zalida bevosita, barcha professor-o‘qituvchilar fakultetlarda videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etdi.

 

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan Termiz davlat universiteti Kuzatuv Kengashi yigʻilishida muhokama etilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida fikr bildirildi.

 

Shundan so’ng muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

 

Kun tartibida universitetda taʼlim sohasiga doir Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirlik buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari ijrosi, universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari kesimida fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari va elektron resurslar bazasini shakllantirish hamda ARMda joylashtirilganlik holati (2022-yil 13-yanvar kuni ishlab chiqarish yigʻilishida berilgan topshiriqlarning ijrosi tahlili), Termiz davlat universiteti Pedagogika institutida 2021-yilda oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, moliyaviy-xoʻjalik sohalarida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yildagi vazifalar, Tarix hamda Iqtisodiyot va turizm fakultetlarida oʻquv jarayonining tashkil etilishi, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilishining bugungi holati va istiqbol vazifalar, universitet talabalarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ish bilan bandligini taʼminlash to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

 

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

 

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

 

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil