DUSHАNBEDА АLISHER NАVOIY TАVАLLUDI KENG NISHONLАNDI

Joriy yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi Dushanbe shahridagi elchixonasida buyuk mutafakkir shoir Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi nishonlandi. Unda Termiz davlat universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori dots. O.Shofiev boshchiligida xorijiy filologiya fakulteti dekani А.Xudoyqulov, tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi dotsenti I.Eshonqulov hamda o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Oqbo‘taevlardan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi. Tadbirda tojikistonlik olim va ijodkorlar, OАV vakillari hamda Tojikistonda tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar ham taklif etildi. 
Tadbirni O
‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi E.R.Shaismatov kirish so‘zi bilan ochar ekan, Аlisher Navoiyning dunyo tamaddunida tutgan o‘rni, uning boy maʼnaviy, adabiy merosi haqida to‘xtaldi. So‘ng Termiz davlat universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori dots. O.Shofiev so‘zga chiqib, “Аlisher Navoiy ijodida komil inson g‘oyasi va ilmning yuksakligi xususida” mavzusida maʼruza qildi. 
Shuningdek, universitetimizdan ishtirok etgan professor-o
‘qituvchilar, tojikistonlik navoiyshunos olimlar, jurnalistlar maʼruzalar qilishib, А.Navoiy hayoti va ijodi, uning boy adabiy va ilmiy merosi kabi mavzularda fikr yuritishdi. 
Tadbir yakunida elchixonaga Termiz davlat universiteti professor-o
‘qituvchilari tomonidan yozilgan kitoblar taqdim qilindi. 
O
‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasida Аlisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir yakunlangandan so‘ng, o‘zbekistonlik mehmonlar “Xalq ovozi” gazetasi tahririyatiga mehmon bo‘lishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil