BARQAROR RIVOJLANISH YO’LIDA UMR BO’YI TA’LIMNI TA’MINLASH MAQSADIDA KASBIY TA’LIM TADBIRLARI

Termiz davlat universitetida Kasbiy ta’lim tadbirlari ham doimiy ravishda tashkil etilib kelinadi. Jumladan keng jamoatchilik uchun ochiq bo’lgan tadbirlar o’tkazilinib bu iniversitetga bormaydigan odamlar uchun tashkil etiladi va bu kasbiy ta’lim tadbirlar orqali avlodlar o’rtasidagi qashshoqlikni bartaraf etishga yordam beradi. Bundan tashqari targ’ibot tadbirlari natijasida sifatli ta’lim berish ko’nikmalari, mustaqil iz lanish malakalari shakllanadi. Hamda avlodlar o’rtasida o’z mutaxassisligini chuqur o’rganib jamiyatda o’z o’rnini topishdek, zamon bilan hamnafas bo’lishdek, ilg’or kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishdek xususiyatga ega bo’ladilar.

Shu jumladan Kasbiy ta’lim tadbirlari doirasida Sherobod tumani 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlik ishlari olib borildi. Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi v.b.dotsent vazifasini bajaruvchisi D.Yakibova ,, Mehnat kishini ulugʻlaydi” mavzusida ochiq amaliy dars mashg’ulotlarini olib bordi.

Axborot texnologiyalari fakulteti katta o’qituvchisi M.Djurayev Muzrabot tumanida 7-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib Universitet yaratilgan imkoniyatlar IT markazi, 7-qavatli Axborot texnologiyalar fakulteti, Axborot texnologiyalar markazlari haqida yosh avlodlarga jamoat ta’lim tadbirlarini tashkil etdi. Surat shu haqda

 

2022-yil 28-iyul Bugun Bandixon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgarishlarni targʻib qilish boʻyicha Tabiiy fanlar faʼkulʼteti professor-oʻqituvchilari, jumladan Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar masalalari va maʻnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, O.Normuratov, Botanika kafedrasi mudiri A. Begmatov, oʻqituvchi T. Rajabov hamda tumandagi IIB boʻlimi Maʼnaviy marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik B.Jabborovlar Bandixon tumanining “Bektepa” “Farovon” “Saroy” mahallasi fuqarolari bilan va Bandixon tumani IIB boʻlim xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirish va takliflar muhokama qilindi.

2021-yil 29- iyul Bandixon tumanida Termiz davlat universiteti odamlarga sifatli taʼlim berish orqali ular avlodlar oʻrtasidagi qashshoqlikni bartaraf etishga yordam berishi haqida maxsus Kasbiy taʼlim dasturlari doirasida “Bagʻri keng”, “Zevar”, “Obod yurt” mahallalari fuqarolari bilan targʻibot oʻtkazildi.

 

2021-yil 25 - iyul Bandixon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgarishlarni targʻib qilish boʻyicha Tabiiy fanlar faʼkulʼteti professor-oʻqituvchilari, jumladan Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar masalalari va maʻnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, O.Normuratov, Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professor oʻqituvchisi. Abramatov. M., hamda, Maʻnaviyat va maʻrifat blimi boshligʻi E.Pardayev ishtirokida Bandixon tumanidagi tumanning “Saroy”, “Polvontosh”, “Chinor” yurt MFY fuqarolari bilan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng koʻlamli vazifalar, mamlakatimizdagi tub islohotlarlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zarurati yuzaga kelayotganligi bois, aholi va yoshlar oʻrtasida Konstitutsiyadagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borilmoqda.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil