TYUTORLAR UCHUN SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 476-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’sullari uchun seminar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari OTMlari tyutorlari uchun joriy yilning 29-30 noyabr kunlari Qarshi davlat universitetida seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda Termiz davlat universitetining 14 ta fakultetidan bir nafardan, jami 14 nafar tyutor ishtirok etib qaytdi. 

Ayni paytda TerDUda 70 nafar tyutorlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu tyutorlar uchun seminar-treningda ishtirok etgan ishtirokchilar tomonidan ham mashg‘ulotlar olib borish ko‘zda tutilgan. Shu boisdan, universitetning faollar zalida barcha tyutorlar uchun seminar-trening tashkil etildi. Dastlab, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev tyutorlarning faoliyatini to‘g‘risida tanqidiy-tahliliy  ma’lumotlarni taqdim etdi. Ularning majburiyat va vazifalari to‘g‘risida yana bir eslatdi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni sanab, bu borada mas’uliyatni yanada oshirish to‘g‘risida ogohlantirdi. 
Shundan so‘ng, 29-30 noyabr kunlari Qarshi davlat universitetida bo‘lib o‘tgan seminar-trening ishtirokchisi, milliy libos va san’at fakulteti tyutori Bobur Toshqobilov tomonidan “TerDUda tyutorlik tizimini amalga oshirish mexanizmi-amaliyot-natijalar to‘g‘isida” mavzusida taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachi, seminar-trening natijalari, tyutorlik tizimi va uning oldiga qo‘yilgan vazifalari, mas’uliyati, universitetda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etdi. Tyutorlar tomonidan savollar, takliflar berildi. Seminar-trening qizg‘in, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Bu kabi seminar-treninglarni muntazam ravishda o‘tkazilishi borasida kelishib olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil