«Ma’rifat ulashib»

«Ma’rifat ulashib»: adabiyot, ijod va ma’naviyat uyg‘unlashgan uchrashuv 

🟢Termiz davlat universitetida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, nosir va publitsist Abdunabi Hamro ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

🟢Adabiyot va ma’rifatga oshufta yoshlarni birlashtirgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimi, shoira Donoxon Jumayeva, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

🟢Uchrashuvni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Obid Shofiyev ochib, badiiy adabiyotning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni, yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otishning ahamiyati xususida fikr bildirdi.

🟢Shuningdek, 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ona tilimizning millat ma’naviyati, tarixi va o‘zligini asrashdagi beqiyos ahamiyati, uning boy adabiy merosini kelgusi avlodlarga yetkazish mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Ijodiy muloqot davomida Abdunabi Hamro adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, ijod mashaqqati, mutolaa madaniyati va badiiy so‘zning ta’sir kuchi haqida o‘z mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, yoshlarni muntazam kitob o‘qishga, mustaqil fikrlashga va ijodiy izlanishga undadi.

🟢She’riyat, samimiy suhbat va qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan uchrashuv o‘ziga xos adabiy kechaga aylanib, ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Zero, ma’rifat ulashish — qalblarga ziyo, tafakkurga qanot bag‘ishlash demakdir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil