TerDU rektori bo‘lajak IT mutaxassislari bilan uchrashdi

  Talabalikka_bag‘ishlov 7

🟢Termiz davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov Axborot texnologiyalari fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🟢Uchrashuvda rektor raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bugungi davrda IT sohasi mutaxassislariga talab tobora ortib borayotganini ta’kidlab, yoshlarni zamonaviy bilimlarni puxta egallash, xorijiy tillarni o‘rganish va innovatsion g‘oyalar ustida ishlashga undadi.

🟢Bugungi kunda fakultetda 1 724 nafar talaba sun’iy intellekt, dasturiy injiniring, kompyuter injiniringi va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Talabalarning xalqaro dasturlar, davlat stipendiyalari va innovatsion tanlovlardagi yutuqlari alohida e’tirof etildi.

🟢Samimiy muloqot davomida yoshlarga kitoblar taqdim etilib, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun kasbiy bilim bilan birga keng dunyoqarash va yuksak ma’naviyat ham muhimligi ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, rektor talabalar murojaatlari uchun ochilgan maxsus Telegram manzili haqida ma’lumot berib, ularning taklif va tashabbuslarini tinglashga doimo tayyor ekanini bildirdi.

🟢Uchrashuv yakunida talabalarning bilim olishi, ilmiy va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Muloqot yoshlarni nafaqat zamonaviy texnologiyalardan foydalanuvchi, balki ularni yaratuvchi mutaxassislar bo‘lib yetishishga ruhlantirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil