TerDU rektori bo‘lajak huquqshunoslar bilan uchrashdi

Talabalikka_bag‘ishlov 6

Termiz davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasidagi navbatdagi uchrashuv Yuridik fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.

Rektor Abduqodir Toshqulov yoshlarni talabalik safiga qabul qilingani bilan tabriklab, huquqshunoslik kasbining mas’uliyati, qonun ustuvorligi va jamiyatda adolatni qaror toptirishda yuristlarning o‘rni haqida fikr bildirdi.

“Bu dunyoning ishi adolat bilan qaror topadi”, — deya ta’kidlagan rektor halollik, adolat va qonuniylik har bir huquqshunosning bosh mezoni bo‘lishi zarurligini qayd etdi.

Prezidentning 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni asosida tashkil etilgan fakultetda bugun 2 494 nafar talaba tahsil olmoqda. Oliy sud, Bosh prokuratura va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Bo‘lajak prokurorlar klubi”da 17 nafar talaba amaliy tajriba orttirmoqda. Indoneziya pedagogika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi ham amalga oshirilmoqda.

Samimiy muloqotda talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi. Rektor yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy salohiyati va kasbiy mahoratini oshirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Zero, chinakam huquqshunosning kuchi nafaqat qonunni bilishida, balki adolatga sadoqatida namoyon bo‘ladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil