🥇 Aktau tatamisida O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi, Davlat madhiyamiz yangradi!
Qozog‘istonning Aktau shahrida 17–18-oktabr kunlari o‘tkazilgan Aktau Asian Open 2026 xalqaro dzyudo musobaqasida 7 davlatdan 182 nafar sportchi 14 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Eng quvonarlisi, Termiz davlat universiteti talabasi Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov 73 kg vazn toifasida finalda ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, OLTIN MEDALNI qo‘lga kiritdi!


O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 3 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Diyora Keldiyorova (-52 kg) va Fotimaxon Tursunboyeva (-48 kg) ham oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Ushbu zafar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport va iqtidorli yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy samarasidir.
Yaqinda universitet rektori Abduqodir Toshqulov Sport faoliyati fakulteti talabalarini xalqaro maydonlarda yurt sharafini munosib himoya qilishga chorlagan edi. Bugun ana shu ezgu maqsadlar yana bir yorqin g‘alabada o‘z ifodasini topdi!
.jpg)
Nizomiddinxo‘janing ushbu natijasi Olimpiya reytingi uchun muhim ochkolar jamg‘arishda ham ahamiyatlidir.
NIZOMIDDINXO‘JA, SEN BILAN FAXRLANAMIZ!
Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz!