TerDU rektori bo‘lajak filolog va jurnalistlar bilan uchrashdi

Talabalikka_bag‘ishlov_2

Termiz davlat universitetida yangicha formatda o‘tkazilayotgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda rektor yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lgani bilan tabriklab, til va adabiyot millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligini saqlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Muloqotda milliy adabiy merosni chuqur o‘rganish, matnshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishlarini rivojlantirish, qo‘lyozma manbalarni tadqiq etish va ilmiy muomalaga kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, zamonaviy axborot makonida jurnalistikaning o‘rni va mas’uliyati ortib borayotgani qayd etilib, jurnalistika talabalari uchun zamonaviy media muhitini yaratish, maxsus auditoriyalar tashkil etish, media va kontent tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Samimiy muloqot davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rektor ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Uchrashuv yoshlarning ilm-fan va ijodga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, ular bilan ochiq va bevosita muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil