TerDUda Registrator ofisi faoliyati va raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

🟢Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov huzurida Registrator ofisi direktori tomonidan ofis faoliyatining natijalari, ta’lim jarayonini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🟢Taqdimotda universitet prorektorlari, tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Unda o‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar, amaliyotga joriy etilgan raqamli yechimlar va tizimni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qayta o‘qish jarayonining masofaviy shaklga o‘tkazilgani, fanlar farqini aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgani hamda universitet faoliyatiga oid asosiy ko‘rsatkichlar yagona interaktiv dashboardda jamlangani ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, Registrator ofisi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Jumladan, rektor stipendiyasi tanlovini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida talabalarning akademik holatini tahlil qilish va prognozlash, professor-o‘qituvchilar faoliyatini xolis baholashga asoslangan reyting tizimini shakllantirish hamda ofis menejerlari uchun samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

🟢Bundan tashqari, registrator.tersu.uz platformasini kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkazish va unga nisbatan intellektual mulk huquqlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🟢Mazkur tashabbuslardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Registrator ofisi xizmatlarining 85–90 foizini to‘liq onlayn shaklga o‘tkazish, inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash hamda talabalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirishdan iborat.

🟢Taqdimot yakunida universitet rektori A. Toshqulov raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, sun’iy intellektga asoslangan tahliliy mexanizmlarni keng joriy etish, elektron xizmatlar sifatini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil