TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

🟢Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

🟢Ilk uchrashuv Sport faoliyati fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan o‘tkazildi. Unda universitet rektori Abduqodir Toshqulov yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lgani bilan qutlab, ular o‘zbek sportining yangi avlodi, bo‘lajak chempionlari ekaniga ishonch bildirdi hamda respublika va xalqaro maydonlarda ulardan katta g‘alabalar kutayotganini ta’kidladi.

🟢Samimiy muloqotda yosh sportchilar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rektor ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgiladi.

🟢An’anaga muvofiq, talabalarga rektorning ezgu tilaklari va dastxati bitilgan Erkin A’zamning “Momaqaldiroq ostida sayr” romani sovg‘a qilindi.

🟢Yangi format doirasida talabalarning rektor bilan doimiy va bevosita muloqotini ta’minlash maqsadida maxsus
📱Telegram manzili — @terdurektor ishga tushirilgani ma’lum qilindi.

✅Endilikda talabalar o‘z taklif, tashabbus va murojaatlarini rektorga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llashlari mumkin.
Asosiy maqsad — har bir talabani tinglash, uning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va universitetda ochiq muloqot muhitini mustahkamlash.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil