Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🟢Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo yoshlari ishtirok etgan musobaqada TerDU vakillari o‘z mahorati, strategik fikrlashi va jamoaviy birdamligi bilan ajralib turdi. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida talabalarimiz respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🟢 Endilikda jamoamiz 9–11-noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida hududimiz sharafini himoya qiladi.
Bu g‘alaba — izchil tayyorgarlik, jamoaviy birlik va yuksak maqsadlar sari intilish samarasi. Oldinda yangi sinovlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar!
✅TerDU jamoasiga respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!