Bugun TerDUda universitet Kengashining navbatdagi 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dastlab, Kengash raisi, rektor A. Toshqulov mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishning ahamiyatiga to‘xtalib, bu jarayonda professor-o‘qituvchilar zimmasidagi mas’uliyat va ularning jamiyat ravnaqi yo‘lidagi daxldorligi yanada ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ustoz va murabbiylar amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ijrochisi va tashabbuskori bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

Yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum yetarli ekanligi tasdiqlangach, kun tartibidagi masalalar muhokamasiga kirishildi.
Dastlab, “Zarya Surxana” gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi 27 (14180)-sonida e’lon qilingan vakant ish o‘rinlariga tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Jarayonda professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga nomzodlar elektron platforma orqali Kengash a’zolarining ovoz berishi natijasida tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: mazkur tanlovda bir vakant o‘rin uchun 11 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Kengash a’zolarining tasdig‘i bilan jami 74 nafar yosh mutaxassis ishga qabul qilindi. Ular orasida xorijiy TOP  universitetlar hamda  AQShning Toshkentdagi Vebster universiteti, Buyuk Britaniyaning Vestminster universitetida tahsil olgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etdi.

Yig‘ilishda  universitet katta o‘qituvchilarini dotsent vazifasini bajaruvchilikka o‘tkazish, dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarni tasdiqlash, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalari hamda monografiyalarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, universitet ehtiyojlari uchun zamonaviy kongress zali qurish, mavjud suzish havzasi binosini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, universitet faoliyatini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil