TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari kutib olindi

🟢Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilingan talabalar uchun kutib olish va tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbirda talabalar universitetdagi ta’lim muhiti, qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy hamkor universitetlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari hamda o‘quv jarayonining tashkiliy jihatlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olishning o‘ziga xos imkoniyatlari, o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablar va talabalarning akademik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🟢Termiz davlat universiteti xalqaro hamkorlik asosida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil