MILLIY QADRIYATLAR TARG‘IBOTIDA YUKSAK E’TIROF — TERDU VAKILI RESPUBLIKA BOSQICHIDA!

🟢Milliy o‘zlik, ma’naviyat va vatanparvarlik yo‘lidagi fidoyilik o‘z samarasini bermoqda!

🟢Termiz davlat universiteti jamoasi uchun yana bir quvonchli va faxrli natija! Universitetimizning Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xidirov Muhiddin “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovining hududiy bosqichida FAXRLI 1-O‘RINNI qo‘lga kiritdi va respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 34-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 22-apreldagi 157-son buyrug‘i asosida tashkil etildi.

🟢Tanlovning hududiy bosqichi 2026-yil 13-oktabr kuni Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasida amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari, ilg‘or tajribalari, notiqlik mahorati hamda tezkor savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

🟢Muhiddin Xidirovning ushbu g‘alabasi — milliy qadriyatlarimizga sadoqat, yuksak ma’naviyat va fidoyilikning munosib e’tirofidir!

🟢Bu natija universitetimizda yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyatini ham namoyon etadi.

🟢G‘olibimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Oldinda yanada mas’uliyatli bosqich — respublika miqyosidagi bellashuv turibdi. Ishonamizki, Muhiddin Hursanovich ushbu bosqichda ham o‘z bilimi, mahorati va fidoyiligi bilan universitetimiz sharafini munosib himoya qiladi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil