Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom muhitni ta’minlash — ustuvor vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-son Farmoni ijrosini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi Termiz davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida universitetda giyohvandlik va narkojinoyatchilikning oldini olish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, universitetda «Biz giyohvandlikka qarshimiz!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda Agentlikning mas’ul xodimi Jonibek Yusupov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, yoshlarni narkotik moddalar bilan bog‘liq tahdidlardan asrash, narkojinoyatchilikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishning ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida yoshlarning huquqiy ongi va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ularni zararli illatlardan himoya qilish hamda universitetda sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini mustahkamlash ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil