Bugun Termiz davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar markazida “Kayrittepa: arxeologik tadqiqotlar va madaniy merosni asrash” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Kayrittepa yodgorligiga oid arxeologik topilmalar, tadqiqot natijalari, fotogrammetrik tasvirlar va 3D rekonstruksiya namunalari namoyish etildi.
Tadbir Termiz davlat universiteti hamda Fransiyaning Archéorient (CNRS / Université Lumière Lyon 2) ilmiy markazi hamkorligidagi xalqaro loyiha doirasida tashkil etildi.
Ko‘rgazma tarixiy merosimizni o‘rganish, asrab-avaylash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.