TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayonlari boshlandi

Termiz davlat universitetida ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida baholash va ta’lim dasturlarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda.

Ayni paytda universitetda Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonining dastlabki bosqichlari boshlandi. Shu munosabat bilan ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari Janine Egle, Martin Borg va professor Jenni Lehtinen Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Ekspertlar universitetning moddiy-texnik bazasi, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tegishli ta’lim dasturlari bilan tanishishni boshladilar.

Jami 28 ta ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Jarayon uchta alohida klaster doirasida amalga oshiriladi. Akkreditatsiya tarix, iqtisodiyot, psixologiya, ingliz, rus, fors va yapon tillari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Xalqaro e’tirof — yuksak sifat va katta marralar sari yo‘l!
TerDU xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini rivojlantirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish va jahon miqyosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sari dadil odimlamoqda. Chunki bugungi sifat — ertangi yuksak natijalar va xalqaro e’tirof poydevoridir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil