TERDUDA XORIJIY TALABALAR O‘RTASIDA O‘ZBEK TILI OLIMPIADASI O‘TKAZILDI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 321-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan olimpiadaning universitet bosqichi o‘tkazildi.

🟢Tanlov davomida ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasi, savodxonligi va bilimlari belgilangan Nizom talablari asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Olimpiada yakunlariga ko‘ra:
🥇I o‘rin — Emadi Nesar Ahmad (Afg‘oniston) — 97 ball
🥈 II o‘rin — Atabaev Zoir (Tojikiston) — 78 ball
🥉 III o‘rin — Nadim Husna (Afg‘oniston) — 75 ball

🟢G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

🟢G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz va Respublika bosqichida ularga omad hamda yuqori natijalar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil