Termiz davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi boshlandi.
✅ Olimpiada doirasidagi sport musobaqalarida ishtirok etuvchi talaba-yoshlar https://5tashabbus.uz/ elektron platformasi orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
📅Endilikda ishtirokchilar tasdiqlangan grafik asosida quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar:
⚽️Mini futbol
🏀Stritbol
🏃Yengil atletika
🏓 Stol tennisi
🏐 Voleybol
🟢Ochilish marosimida mas’ullar sportning inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy barkamollikni ta’minlash hamda yoshlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritdilar.
🟢Shuningdek, talaba-yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va olimpiada bahslarida faol ishtirok etishga chaqirdilar.
🟢“Besh tashabbus olimpiadasi” — sog‘lom, faol va intiluvchan yoshlar maydoni