“El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

🟢Bugun Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas’ullari hamda viloyatdagi qator oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟢Uchrashuv davomida talabalarga jamg‘arma faoliyati, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, stipendiya tanlovlari, shuningdek, mutaxassislar uchun xorijda stajirovka o‘tash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🟢Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan jamg‘arma vakillariga bevosita murojaat qilib, xorijda ta’lim olish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Mazkur uchrashuv yoshlarning xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, bilim va tajribasini oshirishi hamda kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan malakali kadrlar bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro ta’lim — yangi imkoniyatlar sari yo‘l!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil