“TerDU xabarlari”

“TerDU xabarlari” jurnalining yangi soni chop etildi!

🟢Ilm-fan — yangi g‘oyalar, ilmiy izlanishlar va amaliy natijalar uyg‘unligi! Termiz davlat universitetining “TerDU xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnalining №3/2026-soni nashrdan chiqdi. Jurnalning navbatdagi sonidan biologiya, kimyo, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, materialshunoslik hamda pedagogika yo‘nalishlaridagi 16 ta ilmiy maqola o‘rin olgan.

🟢Tadqiqotlarda zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yangi materiallar yaratish, atrof-muhitni muhofaza qilish va amaliy fan rivoji bilan bog‘liq dolzarb masalalar yoritilgan.
🟢 Jumladan, maqolalardan birida
“Surxondaryo viloyatining dorivor o‘simliklari va ulardan oqilona foydalanish” masalasi tadqiq etilib, hududning biologik xilma-xilligidan samarali foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratiladi.
🟢Yana bir tadqiqotda esa
“resurs tejamkor sug‘orish sharoitida” g‘o‘za navlarining transpiratsiya jadalligi va suvdan foydalanish samaradorligi o‘rganilgan.
🟢Kimyo yo‘nalishidagi maqolalarda esa
nanotuzilishli metall oksidlarini olish, sanoat oqova suvlarini tozalash, CO₂ gazini yutish xossalari, shuningdek, yangi korroziya ingibitorlarini sintez qilish kabi muhim ilmiy masalalar tadqiq etilgan.
🟢 Jurnalning pedagogika yo‘nalishidagi maqolalaridan biri esa
“Bo‘lajak tarbiyachining kreativ qobiliyatini rivojlantirish” masalasiga bag‘ishlangan.

🟢“TerDU xabarlari” jurnalining yangi soni universitet olimlari, tadqiqotchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilm-fanga qiziquvchi mutaxassislar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Elektron shakli: https://heyzine.com/flip-book/46901c35d1.html

Ma’lumot uchun: “TerDU xabarlari” jurnali Kimyo, Biologiya hamda Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD va DSc dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil