TerDUda ilmiy-innovatsion faoliyat va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

🟢Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

🟢Yig‘ilishda 2026-yilda qabul qilingan PF–54, PF–58 va PF–98-son Farmonlari asosida ilmiy faoliyatni boshqarishning yangi mexanizmlari, jumladan, ilmiy ishlanmalarni mahsulotga aylantirish, texnologiyalar transferi va universitetda spin-off korxonalarini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Universitetda spin-off faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha mavjud holat va rejalar tahlil qilinib, 14 ta yangi tashabbus, ularning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va turli sohalarga yo‘naltirilgan loyihalari muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, PF–98-son Farmoni asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning yangi modeli, doktoranturaga qabul, ilmiy rahbarlik, ilmiy kengashlar faoliyati, attestatsiya jarayonlari hamda tadqiqot natijadorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Universitetdagi 279 nafar mustaqil izlanuvchi, ular faoliyat olib borayotgan 19 ta ixtisoslik hamda himoya natijalari tahlil qilindi.

🟢Shu bilan birga, universitetning 2027-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalari yuzasidan ham fikr almashildi.

🟢Muhokamalarda ilmiy faoliyatni natijadorlik, amaliy samaradorlik va tijoratlashtirish tamoyillari asosida rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda universitetning ilmiy salohiyatini yanada oshirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha A.Toshqulov o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil